Hilola Umarovaga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Dilfuza Sobirova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Telegram-kanalida xabar qilindi.

Dilfuza Sobirova “Darakchi” va “Soliq plyus” gazetalarida bosh muharrir, “Yoshlar media markazi” boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi sifatida ham faoliyat yuritgan.

“Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing