Hema Malini Toshkentga keladi

Madaniyat-san’at

image

Sentyabr oyida Toshkentda o‘tkazilishi kutilayotgan kinofestivalda mashhur hind kino yulduzi Hema Malini va kinorejissyori Umesh Mehra ishtirok etadi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

"Qadrli do‘stlarim va o‘zbek xalqi, meni xalqaro kinofestivalga taklif qilganlaringiz uchun minnatdorlik izhor qilaman hamda tez kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni intiqlik bilan kutib qolaman", deb ta’kidlagan Hema Malini o‘zbek kino ixlosmandlariga qilgan videomurojaatida.

Ma’lumot uchun, aktrisa, prodyuser, rejissyor, raqqosa va siyosatchi Hema Malini “Zita va Gita”, “Qasos va qonun“, “Samrat”, “Bog‘bon” hamda boshqa filmlarda o‘ynagan rollari bilan yaxshi tanish. Uning mashhurligi, ayniqsa, “Ali bobo va qirq qaroqchi” filmi kino ekranlariga chiqqanidan so‘ng yanada yuksaklikka ko‘tarilgan.

Shuningdek, kinotomoshabinlar uning so‘nggi yillarda tushgan filmlaridan biri – “Vir va Zara”ni ham katta qiziqish bilan kutib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hema Malini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar