Hazoraspda hokim o‘rinbosari 6 yilga, tibbiyot birlashma boshlig‘i 5 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida joylashgan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘z xodimini ishda olib qolish evaziga 300 AQSH dollari pora olayotganda ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan, Xorazm viloyat prokuraturasi, Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi alohida ishlar bo‘yicha katta tergovchisi Shahzod Voisov ma’lumot berdi.

Tergovchining aytishicha, Hazorasp tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i birlashmaning 1.5 stavkada ishlab kelayotgan navbatchi shifokoriga pensiya yoshiga yetganligi sababli uni ishdan bo‘shatishini aytgan. Lekin, agar yana 1 yil shartnoma asosida ishlashni xohlasa 300 AQSH dollar pora berishini talab qilgan. 

“O‘zining jinoiy sherigi bo‘lmish tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi shifokori orqali xizmat xonasida pora olayotgan vaqtda ushlangan birlashma boshlig‘iga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanib, sud hukmi bilan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan", degan Voisov.

Ajablanarlisi,  shu yilning mart oyida yerni rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 12 ming AQSH dollar miqdorida pora olayotganda, daliliy ashyolar bilan qo‘lga tushgan xuddi shu tumanning hokim o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan mansabdorga esa 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Hazorasp tumani hokimi o‘rinbosari tumanning Qirqtepa mahallasida noqonuniy qurilgan turar-joy binolarini buzmaslik va tuman hokimligi zaxirasidagi 1800 kv.m. yer maydonini turar-joy qurish uchun ajratib, zarur hujjatlarni tuman hokimligi va kadastr bo‘limidagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 12 ming AQSH dollarni pora tariqasida olayotganida ushlangan.  Bu haqida avvalroq QALAMPIR.UZ da xabar bergan edik.

Katta tergovchi Shahzod Voisov so‘zlariga ko‘ra, sudning hukmi bilan hokim o‘rinbosari 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. 

Demak, 300 AQSH dollar pora olgan shifokorga 5 yillik jazo, 12 ming AQSH dollari pora olgan hokim o‘rinbosariga esa 6 yillik qamoq jazosi berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryolik amaldorlar 2500 AQSH dollar bilan qo‘lga tushganligi haqida ma’lumot bergan edik.

Charos Xolmurodova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing