Hajga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi

Olam

image

Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi tufayli Hajga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Qirollikning Haj va umra ishlari vaziri Taufiq Al-Robiya ma’lum qildi. 

“Haj ziyoratiga boruvchilar soni pandemiyagacha bo‘lgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari bo‘lmaydi”, deydi boshqarma boshlig‘i. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, butun dunyodan kelgan Haj missiyalari yana bir bor Saudiya Arabistonida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha istalgan vakolatli kompaniya bilan shartnomalar tuzishi mumkin. 

“Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda ziyoratchilarning yetib kelish tartib-taomillarini osonlashtirish uchun NUSK platformasini ishga tushirdik”, deya qo‘shimcha qildi Al-Robiya. 

Saudiya Arabistoni rasmiylari so‘nggi uch yil ichida COVID-19 tarqalishi sababli Hajga ziyoratchilar sonini cheklab qo‘ygandi. 

Haj – Makkaga Islom ziyoratgohi – Ka’bani ziyorat qilish. Haj Islomning besh arkonidan biridir. Har bir musulmon hayotida kamida bir marta, agar jismoniy salomatligi va moddiy ahvoli imkon bersa, haj qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Saudiya Arabistoni ayollarga mahramsiz haj qilishga ruxsat bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Haj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing