Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilinadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, Jinoyat kodeksi 202-1-modda bilan to‘ldiriladi. Unda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

Hayvonga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, uni qiynash uning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikni cheklash yoki olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmishlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;

b) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib tarqatgan holda sodir etilgan bo‘lsa;

v) ikki yoki undan ortiq hayvonlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;

g) voyaga yetmagan shaxs hozirligida sodir etilgan bo‘lsa;

d) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing