Hafta oxirida Quyosh tutiladi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 21 iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri - Halqasimon quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ma’lum qildi.

Ushbu astronomik hodisani Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.

Bu davlatlar ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eriteria, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14 ta davlat aholisi to‘liq shakldagi Halqasimon quyosh tutilishini kuzatish imkoniga egalar.

O‘zbekiston Respublikasining butun hududida Quyosh tutilishi qisman kuzatiladi.

Quyosh tutilishi eng katta natijaga erishgan vaqtida respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida quyosh yuzasining 39 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa quyosh yuzasining 58 foizgacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi.

O‘zbekistonning eng janubiy hududi - Termiz shahrida esa bu natija 63 foizgacha yetadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing