Haykalning kallasi bo‘lmaydi, shu bilan Mirziyoyevning ham kallasi ketadi – Prezident o‘ziga bo‘lgan intrigalarni yodga oldi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Toshkentdan yo‘q qilishga juda ko‘p urinishlar bo‘lgan. Bu haqda davlat rahbari kecha, 24 sentyabr kuni samarqandlik saylovchilar bilan suhbatda poytaxtda tuman hokimi bo‘lib ishlab yurgan davrlarini eslab, aytib berdi. 

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, u Toshkent shahrida tuman hokimi bo‘lib ishlab yurgan vaqtlarda Eron Prezidenti hamda Islom Karimov Mirzo Ulug‘bek haykaliga gulchambar qo‘ygani tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Biroq, Prezidentlar tashrifi oldidan haykalning kallasi olib tashlangan. Bu Mirziyoyevni ishdan olish maqsadida qilingan edi. 

“Ertalab ikkita Prezident haykalga gulchambar qo‘ygani kelishi kerak. Soat 10 ta kam 7 da menga telefon bo‘lyapti. “Shavkat Miromonovich, golovu Ulugbeka snisli”, deyapti. Ya govoryu “kakuyu golovu, kakoy yeshyo Ulugbek?”. “Pamyatnika golovu snisli”, deya qo‘ng‘iroq qilishdi ishxonadan.  

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, bularning hammasi rejalashtirilgan edi. 

“Shunday tayyorlanganki, soat 10 ta kam 10 da kortej keladi. Prezident Eron Prezidenti bilan keladi. Haykalning kallasi bo‘lmaydi, shu bilan Mirziyoyevning ham kallasi ketadi, degan”, deya eslaydi u.

Mirziyoyevning so‘zlab berishicha, u Ulug‘bek haykalining oldiga 7:20 da yetib borgan. 

“Borsam, haykalning kallasi yo‘q. Men kim qilganini tushundim. Buni kichkina odam qilmaydi. Nimaga desangiz, haykal Prezident kelishidan oldin “oxrana”ga olinadi. Uni alohida tashkilotlarning o‘zi Mirziyoyevni yo‘q qilaman, deb haykalning kallasini olib tashlagan”, deydi u.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu vaziyatdan chiqib ketishida unga har doim gazeta o‘qishi yordam bergan. 

“Vecherniy Tashkent”ni o‘qisam, hozirgi Xirurgiya markazida Ibn Sino haykalining tagi xuliganlar tomonidan kovlab, uy qilib olingani haqida statya chiqqandi.  O‘sha haykal esimga tushdi”, deydi davlat rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha vaziyatda davlat sharmanda bo‘lishi mumkin edi. 

“Prezidentni olib kelsa, u kallasiz haykalga gulchambar qo‘ymaydiku”, deydi u. 

Ta’kidlanishicha, Mirziyoyev Andijonlik muovini bilan Ibn Sinoning haykalini olgan. So‘ngra, Ibn Sino haykalining boshi Ulug‘bek haykali tanasiga o‘rnatilishi uchun olib kelingan. Biroq, o‘lchamlar mos kelmagan. Shunda Mirziyoyev buni berkitish uchun Ulug‘bek haykaliga sharf yasagan.

“Xullas, SNBning birinchi muovini soat 9:10 keldi. Ular meni ishdan olishga kelgandi. Shahar hokimi tushdi-da, “slushay gde golova Ulugbeka”, deb menga qarab gapiryapti-da, haykalga qarash yo‘q. Keyin shunday qarasa, haykal turibdi. Haykal ham turibdi, kalla ham turibdi.

Men yoshlarga nima demoqchiman, bu kunga kelish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu – kurash”, deydi Mirziyoyev. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1091

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing