Haydovchilik uchun $2 000. Navoiyda ishga kiritish uchun pul so‘raganlar ushlandi

3-sahifa

image

Navoiyda fuqaroni avtobazaga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 2 000 AQSH dollari talab qilgan avtobaza ishchisi hamda sherigi ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limlari tomonidan  o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 

Ma’lum qilinishicha, NKMKga qarashli 3-avtobaza ishchisi Z.G‘. fuqaro M.M. bilan oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaro S.ni avtobazaga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Buning evaziga esa talab qilingan 2 000 AQSH dollaridan 700 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing