Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bekobod shahrida ikki fuqaroga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 800 AQSH dollar so‘ragan firibgar qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

“Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.N. fuqarolar M.I. va S.A.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib birish evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Departament, DXX va IIB Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ham xuddi shunday jinoyatni sodir etgan firibgarlar qo‘lga tushgan.

“Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan U.Ya. fuqaro X.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, deya ta’kidlangan Departament xabarida.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Vobkent tumanida ham fuqaroga  tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing