Haydovchi ikki nafar YPX inspektorini mashinasida urib yubordi

Jamiyat

image

Joriy yilning 18 yanvar kuni Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida TXAY - Durmon yo‘li ko‘chalari chorrahasida YPXB inspektori “Spark” haydovchisiga to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasini bergan. Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan urib yuborib, voqea joyidan ketib qoladi.

Shundan so‘ng, “Spark” haydovchisi Ziyolilar - T.Malik ko‘chalari chorraxasida uni to‘xtatish maqsadida oldiga chiqqan YPXB inspektorini ham qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, avtomobilning o‘ng oldi tomoni bilan inspektorni urib yuboradi. So‘ngra voqea joyidan yashirinadi. Oqibatda inspektor olgan tan jarohati tufayli IIV Markaziy gospitaliga yotqiziladi.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchi D.Sh. ushlangan. Haydovchining hujjatlari tekshirilganda transport vositasini qayd etish guvohnomasi (texpasport) bo‘lmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u 1993 yilda tug‘ilgan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ro‘yxatda turuvchi, hech qayerda ishlamaydigan shaxs bo‘lib chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergovoldi tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

YPXB

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar