Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalari o‘zgartirilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining “Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i e’lon qilindi.

Hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi “Qurol to‘g‘risida”gi qonuniga, Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

Hujjatda keltirilishicha, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga asosan havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalarining 78-bandidagi “nogironlar” degan so‘z “nogironligi bo‘lgan shaxs” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.  

Shuningdek, qoidalar 96-bandidagi “Shaxsiy qurol, ov va sport maqsadlariga mo‘ljallangan qurol” degan jumlalar “Fuqaroviy qurol, xizmat quroli” mazmunidagi so‘zlarga o‘zgartiriladi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing