Hatto Nyu-York maktablarida ham ta’lim jarayoni boshlanishi kechikmoqda

Olam

image

Nyu-York ma’muriyati COVID-19 pandemiyasi fonida maktablarda darslarni tiklash kunini yana keyinga qoldirdi.

Nyu-York Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari hozirgi kunga qadar ta’lim muassasalari ishini to‘liq tiklashga hamma narsa tayyor emasligi to‘g‘risida xabar berdi. Shahar meri Billa De Blazioning ta’kidlashicha, rasmiylar "maktab jamoasiga aloqador har bir kishining to‘liq xavfsizligi" bo‘lgan taqdirdagina darslarni boshlashga ruxsat beradi.

"Biz to‘laqonli ta’lim olish uchun xavfsizlikni qurbon qilishga tayyor emasmiz, ammo xavfsizlik uchun ta’lim jarayonini ham qurbon qilolmaymiz. Bir vaqtning o‘zida barcha jihatlarga e’tibor qaratishimiz kerak", deqdi mer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi bolalar bog‘chalari 21 sentyabr kuni ochiladi. Boshlang‘ich maktablar 29 sentyabrda ochiladi, o‘rta va katta sinf o‘quvchilari yesa 1 oktyabrdan mashg‘ulotlarga kirishadilar.

Dastlab, Nyu-Yorkdagi barcha maktablarda darslar 10 sentyabrdan boshlanishi aytilgan edi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda maktablar 14 sentyabrdan gibrid shaklda o‘z faoliyatini boshlagandi. 16 sentyabr holatiga 10 mingga yaqin maktablardan 2550 tasi an’anaviy shaklda faoliyat boshlagani aytildi. 18 sentyabr holatiga esa birgina Toshkent shahridagi 318 ta umumta’lim muassasasidan 136 tasi an’anaviy tarzda faoliyat ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing