“Hatayspor” futbol klubi sport direktori o‘lik holda topildi
Sport
−
22 fevral 2023
764221 fevral kuni Turkiyadagi zilzilalardan so‘ng bedarak yo‘qolgan “Hatayspor” sport direktorining jasadi topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Taner Savut 6 fevraldan beri ko‘p qavatli uy vayronalari ostida qolib ketgan.
“Sport direktorimiz Taner Savutni yo‘qotishdan chuqur qayg‘udamiz. Biz sizni unutmaymiz, Taner! Har doim qalbimizdasiz”, deyiladi “Hatayspor” klubi bayonotida.
Qayd etilishicha, Savutning jasadi topilgan Ronesans qarorgohi “zilzila sodir bo‘lgandan keyin Turkiyada yomon qurilish amaliyotining ramziga aylangan”.
Hozirgacha Turkiya va Suriyadagi zilzilalar oqibatida 46 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 18 fevral kuni “Hatayspor” klubi hujumchisi Kristian Atsu zilziladan keyingi vayronalar ostidan o‘lik holda topilgandi. 31 yoshli futbolchi ikki hafta davomida vayronalar ostida qolib ketgandi.
LiveBarchasi