Hasanboy Do‘smatov raqibini texnik nokautga uchratdi 

Sport

image

Bugun, 17 dekabr kuni “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda tashkil etilgan professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda. Prof boksda o‘zining 4-jangini o‘tkazayotgan Hasanboy Do‘smatov Xose Rivasga qarshi ringga ko‘tarildi va 4 raundda uni texnik nokautga uchratdi.

Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov (7-0-0) fransiyalik Mishel Soroga (35-2-1) qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida birinchi, Isroil Madrimov esa 2-pog‘onani egallab turibdi. G‘olib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Shuningdek, oqshom doirasida Shahram G‘iyosov (11-0-0) ringga ko‘tariladi.

Isroil Madrimov – Mishel Soro (35-2-1 24 KO)
Shahram G‘iyosov – Kristian Koria (29-8-2, 13 KO)


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing