Hasanboy Do‘smatov raqibini 1-raunddayoq mag‘lub etdi

Sport

image

Olimpiada chempioni, professional boksning yengil vazn toifasida (-48,99 kg) ringga ko‘tarilayotgan Hasanboy Do‘smatov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi.

Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) kecha, 24 dekabr kuni professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazdi. Aslida Do‘smatov Pavel Gunchenkoga qarshi ringga chiqishi kerak edi, ammo jangga bir kun qolganda uning raqibi o‘zgardi. Hasanboy asli andijonlik, hozirda Rossiyada istiqomat qilayotgan Odiljon Sotqinovga qarshi ringga ko‘tarildi.

Ushbu jang 6 raundga mo‘ljallangan edi, ammo jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Jangning 1-raundida Hasanboy raqibini to‘rt marta nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. To‘rtinchi nokdaundan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va Do‘smatovning muddatidan oldin g‘alabasini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Do‘smatov 2019 yil noyabr oyida Meksikada prof ringdagi debyutini nishonlagan va o‘shanda meksikalik Xesus Villanuyevani ikkinchi raundda nokautga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

339

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing