Hasanboy Do‘smatov xalqaro turnirda yarim finalga yo‘l oldi

Sport

image

Sofiya shahrida boks bo‘yicha “Stranja” an’anaviy turnir janglari davom etmoqda. 24 fevral kuni turnirning chorak final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Kun dasturida 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarilib, 6 nafari musobaqaning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida Hasanboy Do‘smatov, Havasbek Asadullayev, Ruslan Abdullayev, Mujibillo Tursunov va Jasurbek Yo‘ldoshev g‘alabaga erishdi. 

Ayollar o‘rtasida -48 kg vazn toifasida ringga chiqqan Saidaxon Rahmonova fransiyalik Gloriya D'Ameidaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Bugun, 25 fevral kuni musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Kun dasturida 17 nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi jang o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing