Harbiylar va IIO xodimlarining farzandiga berilgan imtiyoz umumiy kvotani kamaytiradimi?

Jamiyat

image

Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiylarning farzandlariga berilayotgan imtiyozlar, qolgan abituriyentlarga ajratilgan kvotaga ta’sir qilmaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bugun, 31 iyul Xalqaro press-klubning oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari va yangi 2021-2022 o‘quv yili mavzusiga bag‘ishlangan sessiyasida ta’kidlab o‘tdi.

Sessiyada Toshqulov ichki ishlar organlari xodimlari va harbiylarning farzandlari uchun berilayotgan imtiyozlar ba’zi abituriyentlar va ularning ota-onalarida xavotir va norozilik uyg‘otayotganiga alohida to‘xtalgan.

"Bunday talqinlarning orqasida ma’lumotga ega emaslik turadi. Aholi orasida harbiylarning farzandlari imtiyoz bilan umumiy kvota orasida turibdi yoki nega ularga alohida, degan savollar bor. Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiylarning farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalarida alohida kvota ajratilgan va kirish imtihonlarida ular ham ajratilgan kvota ichida o‘zaro raqobatlashadi", deydi vazir.

Shuningdek, sessiyada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Toshqulov  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiylarning farzandlariga berilayotgan imtiyozlar o‘rinli ekanligini aytib, buning sabablarini tushuntirgan.

Vazir avvalo, bu imtiyozlarni harbiylarning ko‘chib yurishi sababli, farzandlarini ta’lim olishida uzilishlar bo‘lishi bilan bog‘ladi.

"Harbiylar hayotini xavf ostiga qo‘yib turganda, ularning farzandlariga berilgan imtiyozlarga salbiy qarash to‘g‘ri emas", deydi Abduqodir Toshqulov.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing