Harbiy unvondan mahrum qilish asoslariga o‘zgartirish kiritiladi
Jamiyat
−
15 noyabr 2019
4815Harbiy unvondan mahrum etish harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda sud yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portartaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilab qo‘yilgan.
Hujjatga muvofiq, “Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiiste’mol qilganlik, zimmasiga qonunlar va umumharbiy nizomlar bilan yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda bajarmaganlik uchun generallar tarkibidagi shaxslarning harbiy unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan pasaytirilishi mumkin.
Ofitserlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat uchun hukm etilganlarida faqat sudning qarori bilan mahrum qilish mumkin.”;
Shuningdek, “Serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda sud yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar rahbarlarining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin”.
LiveBarchasi