Harbiy prokuror Shuhrat Uzaqov lavozimdan “uchdi”
Jamiyat
−
02 noyabr 2022
21569Shuhrat Uzaqov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Bosh prokuror o‘rinbosari – Harbiy prokuror lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxodjayev tayinlandi.
Endilikda Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.
U 2017 yil iyunidan hozirga qadar O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurori bo‘lishidan avval esa O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, Toshkent shahri prokurori bo‘lgan (2016−2017), shuningdek, Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan (2014−2016).
Botir Qudratxo‘jayevdan so‘ng Xorazm viloyati prokurori etib hozirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Umirbek Madraimov tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, lavozimidan ayrilgan Shuhrat Sharopovich Uzaqov 2020 yil fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasining Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Hozircha uning qaysi ishga o‘tishi haqidagi ma’lumot ochiqlanmagan.
Shahboz Abdusattorov
LiveBarchasi