Harbiy oliygohlarga qabul tartibi ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov harbiy OTMlarga qabul, muddatli xizmatga chaqiruv va sohaga oid boshqa dolzarb savollarga javob berdi.

Uning aytishicha, harbiy OTMga tanlash tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. 

Birinchi bosqichda: 

  • fuqaro yoshlar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda;
  • harbiy xizmatchilar uchun — o‘z xizmat o‘tash joyida 1 fevraldan 31 martga qadar amalga oshiriladi.

Ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

  • hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
  • yakka tartibda suhbatlashish;
  • birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda 1 apreldan 31 mayga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

  • individual-psixologik o‘rganish;
  • umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
  • yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish (harbiy okrug hududida joylashgan harbiy gospitallarda).

Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni davlat test sinovlarini iyul-avgust oylarida bo‘lgan muddatda Respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda Davlat test markazi tomonidan joylarda o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing