Harbiy qismga ishga joylash uchun 3 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
06 mart 2021 4772 1 daqiqa
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqarolarni harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.X. 2 nafar fuqaroga o‘zini harbiy qismlarning birida yuqori lavozimda ishlovchi xodim sifatida tanishtirib, ularni harbiy qismga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga kelishilgan 3000 AQSH dollaridan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr