Har yili sentyabr-oktyabr oylarida “Youth tour” musobqalari o‘tkaziladi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyalari o‘rtasida velosportni yanada ommalashtirish, har yili sentyabr-oktyabr oylarida “Youth tour” musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha memorandum imzolandi. Bu haqda Milliy Olipmiya qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev va Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi. 

“Haqiqatan ham, velosport so‘nggi yillarda mamlakatimizda ulkan o‘sishga erishmoqda. Ochig‘i, Senat raisligiga kelganimda federatsiya boshqaruviga o‘rnimga boshqa inson ham kelishi mumkin edi, biroq bu tashkilot menga o‘z farzandimdek bo‘lgani bois uni tashlab qo‘ya olmadim. Velosiped – tozalikni, sport turizmini targ‘ib qiladigan ekologik toza transport. Qolaversa, velosport bilan shug‘ullanish inson salomatligiga juda foydali. Biz asosiy xizmat faoliyatimizda hokimlar bilan uchrashuvlarda yo‘l qurilish haqida gap ketganida, albatta, velosipedlar uchun ham maxsus yo‘laklar bo‘lishi haqida fikr almashamiz. Bizning asosiy maqsadimiz muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek, professional sportchilarni tayyorlashdan tashqari, avvalo, ommaviy sport targ‘iboti orqali sog‘lom avlodni tarbiyalashdir”, deydi Norboyeva.

O‘z navbatida, vazir Dilmurod Nabiyev ham mazkur tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, velosport rivojini yangi bosqichga olib chiqish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tadbir davomida Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev, terma jamoa yetakchi sportchisi Murodjon Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Lyudmila Markelova so‘zga chiqib, bugungi anjumanning ahamiyati, mamlakatda sportga qaratilayotgan e’tibor xususida o‘z fikrlarini bildirdilar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

8

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing