Har yili 30 shifokor Rossiya va Germaniyada malaka oshiradi
Bu qiziq
−
09 noyabr 2021
2887Yiliga 30 nafardan kardiolog-shifokor Rossiya va Germaniyadagi nufuzli tibbiyot tashkilotlarida malakasini oshiradi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yurak qon-tomir kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Kardiologiya markazi faoliyati ham butunlay o‘zgarishi kerak”, deydi davlat rahbari videoselektor yig‘ilishida.
Shuningdek, kardiologiya markazida 15 dan ziyod yuqori texnologik amaliyot yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlandi.
“Kardiologiya markazi Rossiyaning Bakulev nomidagi yurak-qon tomir kasalliklari jarrohlik markazi va Germaniyaning Sharite universiteti kabi nufuzli tibbiyot tashkilotlarida yiliga 30 tadan shifokor malakasini oshirishni ta’minlaydi. Ushbu xarajatlar byudjetdan qoplab beriladi”, deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, markazda preventiv kardiologiya, nur yordamida diagnostika kabi yo‘nalishlarda yangi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi hamda markaz klinikasi faoliyati ko‘p tarmoqli shaklga o‘tkazilishi ta’kidlab o‘tildi.
Azizbek Nahanov
LiveBarchasi