Har bir tumanda telemeditsina yo‘lga qo‘yiladi – vazir

Salomatlik

image

O‘zbekiston Respublikasidagi har bir tumanda telemeditsina yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev ma’lum qildi

“Koronavirus – sog‘liqni saqlash tizimining nafaqat imkoniyatlari va salohiyatini ko‘rsatdi, balki mavjud kamchiliklarini ham ochib berdi. Umumiy amaliyot shifokori o‘rniga oilaviy shifokor mutaxassisligini joriy qilishimiz zarur. Avvalgi yalpi, maqsadsiz patronaj o‘rniga hozir yangi patronaj tizimi yaratildi. Ya’ni ilgari faqat patronaj hamshiralar ishlagan bo‘lsa, hozir tibbiy guruhlar tashkil qilindi”, deydi vazir.

Unga ko‘ra, 2021-2023 yillarda olis hududlarda qo‘shimcha 315 ta qishloq vrachlik punkti va 85 ta oilaviy poliklinika tashkil etiladi.

“Telemeditsina rivojlantiriladi – har bir tumanda, tuman markaziy shifoxonalari qoshida maxsus jihozlangan xonalar yaratiladi va u yerda televizion uskunalar yordamida har kuni Respublika ixtisoslashagn markazlarining yetuk mutaxassislari tuman darajasida bemorlarga telekonsultatsiya o‘tkazishadi va davolash jarayoninini yaxshilashga yordam beradi”, deydi Sog‘liqni saqlash vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing