40 yoshdan oshgan fuqarolar har yili skriningdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yurak qon-tomir va endokrin kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash, ularning oldini olish va davolash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishini ta’kidlab o‘tdi.

Xususan, quyidagi choralar ko‘riladi:

- kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) oilaviy poliklinika va tibbiy brigadalar orqali yiliga kamida bir marta manzilli skriningdan o‘tkaziladi;

- tuman laboratoriyalari koagulometr va zarur reaktivlar bilan ta’minlanadi;

- yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan aholining yagona elektron reyestri yuritiladi;

- yurak-qon tomir kasalliklari uchun enalapril kabi dorilar doimiy ravishda 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;

- tumanlardagi har bir mahallada “gipertoniya salomatlik maktablari”ni tashkil etiladi;

- oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarda hamshiralarning vazifalari ham qayta ko‘rib chiqilib, ularning funksiyalari kengaytiriladi

Azizbek Nahanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing