Har bir hududda “Yangi O‘zbekiston massivlari” quriladi. Prezident uy-joy ta’minoti bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 2 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish, shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida kelgusi besh yildagi barcha islohotlar aholiga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilishini ta’kidladi.

“So‘nggi yillarda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joy barpo etildi. Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda, aholi soni kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilmoqda.

Bularni inobatga olib, aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurishimiz zarur.

Joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida har bir hududda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston massivlari”ni barpo etish, bu orqali kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod xonadon qurish reja qilingan”, dedi Prezident.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” massivlari kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etilishini qayd etdi. Bunda:

•    har bir massivga ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat ko‘rsatish ob’ektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi;

•    ko‘p qavatli uy-joy qurilishini investorlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi;

•    ipoteka kreditini berish uchun banklarga byudjetdan auksion asosida resurs ajratiladi. Bunga Moliya vazirligi tomonidan 20 yil muddatga 11 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

•    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Moliya vazirliklari ehtiyojmand aholiga subsidiya beriladigan uy narxini belgilaydi;

•    2022 yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foizlarni subsidiyalash uchun byudjetdan 1,5 trillion so‘m ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing