Har 4 daqiqada o‘lim va tinimsiz yonayotgan jasadlar: Hindistonda “koronavirus bo‘roni” e’lon qilindi

Olam

image

Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlarning kunlik ko‘payishi ketma-ket to‘rtinchi kun uchun rekord o‘rnatmoqda: oxirgi kun davomida mamlakatda 349,6 mingta yangi holat aniqlangan. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ushbu ko‘rsatkich COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi. Bosh vazir Narendra Modining aytishicha, Hindistonni “koronavirus bo‘roni” larzaga soldi. Infeksiyaga chalinganlarning soni keskin oshgani sababli u barcha fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va emlanishga chaqirdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Nyu-Dehlida har to‘rt daqiqada bir kishi koronavirusdan vafot etmoqda. Butun mamlakat bo‘yicha har kuni COVID-19 dan ikki mingga yaqin o‘lim qayd etiladi.

Hindiston bir necha kundan beri COVID-19 kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatmoqda. Hozirda mamlakatda har to‘rt kunda bir millionga yaqin odam kasallikni yuqtirib olishi kuzatilmoqda. Ko‘p sonli o‘lim tufayli mahalliy krematoriya pechlari eriy boshlagan. G‘arbiy Hindistonning Gujarat shtatidagi gaz va o‘tin yoqadigan pechlarning metall qismlari jasadlarning uzluksiz yonishi natijasida deformatsiyaga uchragan.

Pandemiya boshlanganidan beri Hindistonda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 16,96 millionga etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1700

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing