Har 11 daqiqada bir o‘smir o‘z joniga qasd qilmoqda - Guterrish
Salomatlik
−
08 yanvar 2022
7684Koronavirus (COVID-19) tufayli joriy qilingan pandemiya bolalar, o‘smirlar va ularning oila a’zolari ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir qilishda davom etmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qilgan.
Gutterish jahon mamlakatlarini sog‘liqni saqlash sohasidagi investitsiya miqdorini oshirib, ruhiy muammolarni boshidan kechirayotgan aholini psixolog maslahatini olishda tortinmaslikka chaqirgan.
“Psixologik salomatliksiz jismoniy salomatlikka erishib bo‘lmaydi”, deya bildirgan, BMT Bosh kotibi.
Xalqaro bolalar jamg‘armasi UNICEF’ning hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 10-19 yoshdagi 89 million o‘g‘il va 77 million o‘smir qizbolalar ruhiy kasalliklardan aziyat chekmoqda. Vaziyat COVID -19 pandemiyasining ta’siri ostida yanada og‘irlashib borayotani qayd etilgan.
UNICEF’ning “2021 yilda Jahon bolalarining holati” nomli bayonotida qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab ruhiy muammolardan aziyat chekayotgan bolalarning asosiy qismi Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropa hududlariga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, har yili dunyo bo‘ylab taxminan 45,8 ming yoki har 11 daqiqada bir nafar o‘smir ruhiy tushkunlik sababli o‘z joniga qasd qilmoqda. Bu 10-19 yoshli o‘smirlar o‘rtasida o‘lim soni bo‘yicha, yo‘l-transport hodisalari, sil kasalligi va shaxslararo zo‘ravonliklar dan keyin beshinchi o‘rinni egallaydi.
UNICEF’ga ko‘ra, o‘smirlar ruhiy salomatligi uchun xavf va himoya omillarini uchta ta’sir sohasiga guruhlash mumkin.
Eng avvalo, bola uchun uy sharoitidagi muhit yaxshilanib, ota-onaning g‘amxo‘rligi oshishi;
bolaga bog‘cha-maktabda xavfsiz va sog‘lom muhitni yaratish;
va eng muhimi bolani qashshoqlik, mojarolar iskanjasi, shaxsini kamsitish va diskriminatsiya kabi salbiy tashqi omillardan asrash kerak.
Ta’kidlanishicha, ruhiy va olaviy muammolar avj olganda, bola ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmasidan avval psixolog maslaxatidan foydalanish vaziyatga eng to‘g‘ri yechim bo‘la oladi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi