Hammasiga Putin sababchi. Erdo‘g‘an nega turkman gaziga qiziqib qolganini aytdi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Energetika vazirligi rahbariga bir oy muddatda turkman tabiiy gazini Yevropaga eksport qilish masalasini ishlab chiqishni topshirganini aytdi. U bu haqda Turkmanboshi safaridan qaytayotib jurnalistlar bilan qilgan muloqotida gapirgan. 

“Men energetika vazirimizga bu masalani bir oy muddatda hal qilishni topshirdim. 2023 yil boshida Turkmaniston Prezidenti mamlakatimizga tashrif buyuradi, umid qilamizki, keyin bu masalani nihoyat hal qilamiz”, deydi Erdo‘g‘an.

Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya Turkmaniston gaziga qiziqib qolganini shunday izohlaydi. 

“Yangi jarayon yuzaga keldi, bu Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiyadan Yevropaga gaz yetkazib berishning iloji yo‘qligi haqidagi xavotiri bilan bog‘liq. Hozir vaziyat o‘zgardi. Turkmanistonda shunday imkoniyatlar bor, lekin u o‘z tabiiy gazini Yevropaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib bera olmaydi”, deydi u.

Qayd etishicha, Turkiya turkman gazini Yevropaga yetkazib berish markaziga aylanishini qo‘shimcha qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Baku va Ashxobod o‘rtasida Turkmanistondan Kaspiy dengizi orqali gaz yetkazib berish masalasi muhokama qilinmoqda, boshqalar qatorida moliyaviy yuk masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.  

“Menimcha, Ozarbayjon va Turkmaniston bu yukni taqsimlash borasida kelishuvga erishishi kerak. Agar Turkiya bu jarayonning bir qismiga aylansa, u holda xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Agar Yevropa Ittifoqi bu jarayonga qo‘shilsa, moliyaviy masalada Bryussel vakillari ham ishtirok etishi kerak bo‘ladi”, deydi Erdo‘g‘an.  

U Yevropa Ittifoqi bilan turkman gazini Yevropaga yetkazib berish masalasini muhokama qilish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

508

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made