“Hammasi bittada”. Ish joyi jamlangan yangi avlod kreslosi ixtiro qilindi (video)

Olam

San-Fransiskoda yotgancha ishlash mumkin bo‘lgan kreslo yaratildi. Bu haqda Daily Mail nashri yozmoqda.

Qurilmada butun boshli ish stoli jamlangan. Ma’lum qilinishicha, u gorizontal holatga kiradi va maksimal darajada qulay sharoitlar taqdim eta oladi. Muhandislar bu kreslo qon aylanishini yaxshilashini, jismoniy yuklamalarni pasaytirishini va shu bilan birga, xodimlarning ish unumdorligini oshirishga yordam berishini ta’kidlashmoqda.

Qurilma muallifi, muhandis Kris Teylorning so‘zlariga ko‘ra, dastlab kishida qurilmadagi monitor qulab tushishi singari vahima cho‘lg‘ab oladi. U barcha kerakli jihozlar mustahkam o‘rnatilinganini ishonch bilan ta’kidladi: displeyni maxsus korpus ushlab turadi, klaviatura va sichqoncha magnitlar tufayli pastga tushib ketmaydi.

Mazkur ish joyi ko‘ngillilar tomonidan sinovdan o‘tkazildi: ularga yotgan hollarida yechimini topish uchun 32 ta anogramma berildi. Eslatib o‘tamiz, anogramma — bu so‘zlarni tuzadigan xatlarning tartibsiz to‘plamidir. Boshqa ko‘ngillilar esa doimiy ish stollarida ushbu masalani yechishga kirishishdi. Ma’lum bo‘lishicha, gorizontal holatda yotib ishlaganlar masalani 20 foiz tezroq yechishgan.  

Kreslo ixtirochilarining ta’kidlashlaricha, umurtqa pog‘onasi va boshqa jismoniy kasalliklari bo‘lganlar uchun, ayniqsa, foydali. Ular doimiy o‘tirib ishlashning organizmga oqibatlari keng tarqalayotganini eslatib o‘tishgan.  

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing