Haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 1 noyabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 15-17° gacha isiydi. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Payshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgaradi. Mamlakatga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antitsiklon kirib keladi. 4 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4 noyabrda havo harorati 3-8° iliqqacha pasayadi, bu oy boshi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 12-15° ga past bo‘ladi.

Front kirib kelishida, ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

5 noyabrda sovuq antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog‘ingarchilik faqat ayrim tog‘li hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5° sovuqgacha, shimolda 7-10° sovuqgacha pasayadi, kunduz kuni harorat 3-8° iliqdan oshmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing