Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Bugun, 24 may kuni O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismi baland siklon ta’siri ostida bo‘ladi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida va tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 29-34 atrofida bo‘ladi.

25 mayda baland siklon ta’siri faqat respublikaning eng sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, shamol 17-22 m/s gacha kuchayishida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

26 maydan O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Kunduzgi havo harorati 34-37° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 38-40° gacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8° ga ko‘p bo‘ladi.

O‘zgidromet 24-27 may kunlarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel kelishi xavfi haqida ogohlantiradi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

191

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing