Haftaning muhim voqealari suratlarda

Tahlil

image

Tugab borayotgan hafta ajoyib voqealarga boy bo‘ldi. Bu haftada muqaddas Islom dinining eng ulug‘ bayramlaridan biri Ramazon hayiti nishonlandi. Shu o‘rinda hafta yakunida tugab borayotgan hafta voqealarini suratlar orqali tahlil qilamiz.

Hafta boshida Buyuk Britaniyaning “Daily Mail” nashri Toshkentdagi masjidlarda Qadr kechasidagi taroveh namozidan olingan fotosuratlarni taqdim etdi. Suratlar dronlar yordamida olingan.

 

3 iyun, dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyati faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishi shubhasiz haftaning eng muhim voqeasi bo‘ldi. Prezident yig‘ilishda Suriyadan keltirilgan 156 o‘zbekdan tortib, Bo‘kada amalga oshirilayotgan 5 tashabbus haqida gapirdi. Ushbu yig‘ilishda Prezident deputatlardan noroziligini bildirdi. 

Yig‘ilishda Prezident maxsus topshiriqqa binoan, Suriyada bo‘lib o‘tayotgan urush hududidan olib kelingan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar haqida gapirar ekan, ularning ayanchi qismatiga e’tiborni qaratdi.

“Kecha Suriyadan kelgan 15 yashar qiz ona bo‘lgan. Qani uning otasi? Qizning ota-onasi qayerda? Birorta nuroniy yo‘q! Achchiq-achchiq gap aytinglar. Ularni Vatanga olib kelishning o‘zi bo‘lgani yo‘q.

Faqat qarsak, qarsak, ura-ura... Birorta shoir chiqmadi: Uyg‘onaylik endi, deb..”, deya ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.

3 iyun, dushanba kuni QALAMPIR.UZ`da ijtimoiy soha xodimlari hamon majburiy mehnatga jalb etilayotgani bilan bog‘liq tahliliy maqola e’lon qilindi. Maqola muallifi Zarnigor Abdumalikovaning ma’lum qilishicha, navbatdagi holat poytaxtning Uchtepa tumanidagi 295-umumiy o‘rta ta’lim maktabida aniqlangan. Suratda aks etilganidek, maktab o‘qituvchilari o‘z vazifalariga kirmaydigan ishlar, xususan maktab bog‘ini yovvoyi o‘tlardan tozalash kabi obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan.

Mazkur holat bo‘yicha tahliliy maqola e’lon qilingach, mutasaddilar tomonidan muammoga yechim topilgan. 

3 iyun, dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Nurafshon shahrida bosh reja asosida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

Davlat rahbariga bosh rejaga asosan shaharning markaziy qismini batafsil rejalashtirishga oid ma’lumotlar berildi.

3 iyun, dushanba kuni kunduzi Toshkent shahrida yoqqan jala natijasida bir qancha hududlarni suv bosdi. 

Kunning ikkinchi yarmidan boshlab bir necha soat davomida yoqqan yomg‘ir poytaxt ko‘chalarini yana xarob ahvolga keltirib qo‘ydi. Shaharning bir qator ko‘chalarini suv bosdi. Xususan, Amir Temur ko‘chasining sobiq “Qozog‘iston” kinoteatri joylashgan qismini suv bosdi. 

Poytaxt ko‘chalaridagi eskirgan drenaj tizimlari biroz kuchliroq yomg‘ir yog‘sa, suvning ko‘p miqdorda yig‘ilishiga va ko‘chalarga toshishiga sabab bo‘lmoqda.

Картинки по запросу ураза байрам намаз в москва 2019

4 iyun, seshanba kuni Saudiya Arabistoni podshohligi va ko‘plab musulmon davlatlari Hayit bayramining birinchi kuni nishonlandi. Tong saharda Hayit namozi ado etildi. Suratda Moskvadagi namoz vaqti tasvirlangan. 

4 iyun, seshanba kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Mustaqillik” mahallasida yashovchi Abdusamat Asqarov oilasida bir yo‘la uch o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi. Ma’lum qilinishicha, uch egizak chaqaloqqa ota-ona yaxshi niyatlar bilan Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlarini qo‘ydi.

4 iyun, seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva otasining arafa kuni uyda qozon boshida osh damlayotgani tasvirlangan suratni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi. 

“Ba’zida oilaviy dasturxonimiz uchun oshni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamchi. Arafa muborak!”, deb izoh qoldirgan Mirziyoyeva. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu suratga Prezident Mirziyoyevni xalqqa yanada yaqinlashtirdi. 

4 iyun, seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati xodimi Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva va qizlari bilan tushgan suratni joylashtirib, kuzatuvchilarni Hayit ayyomi bilan tabrikladi. 

5 iyun kuni, chorshanba kuni O‘zbekistonda Ramazon Hayiti nishonlandi. Shu kuni respublikadagi 2 mingdan ortiq masjidda Hayiti namozi o‘qildi. 

6 iyun, payshanba kuni BAA vitse-prezidenti, Dubay hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktum bir varakayiga uch o‘g‘lining to‘yini o‘tkazdi. To‘yda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘g‘li, kuyovlari Oybek Tursunov, Otabek Umarov, nabirasi Miromon ishtirok etgan. Ularning Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktum va uning o‘g‘li bilan salomlashayotgani tasvirlangan suratlar Otabek Umarovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali yashin tezligida tarqaldi. 

7 iyun, juma kuni Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi, “Arsenal” klubi yarimhimoyachisi Mesut O‘zil uylandi. To‘y Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda guvoh o‘laroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an ishtirok etdi. 

7-8 iyun, juma va shanba kunlari Namangan shahrida “Doing business with Namangan – 2019” investitsion forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 350 ortiq xorijlik mehmonlar ishtirok etdi. Forumning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, umumiy qiymati 170 million AQSH dollariga teng 24 ta investitsiya bitimi va eksport shartnomalari imzolandi. Ikkinchi kuni yana 15 ta bitim imzolandi. Jami umumiy qiymati 320 million AQSH dollariga teng 39 ta hujjat imzolandi.  

Joriy hafta Fransiya poytaxti Parij shahrida FIFAning 69-kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongresda tashkilotga a’zo  211 mamlakat futbol assotsiatsiyalari rahbarlari qatorida, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

Kongresdan so‘ng FIFAga a’zo mamlakatlar futbol assotsiatsiyalari rahbarlari ishtirokida futbol uchrashuvlari tashkil etildi. Bahslarda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Osiyo qitasi tarkibida maydonda harakat qildi.

7 iyun, juma kuni poytaxt Toshkentda ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish YTH sodir bo‘ldi. Piyoda, 22 yoshli G.I. yo‘lni belgilanmagan joyidan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan 25 metr narida kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Lacetti yengil avtomashinasi haydovchisi, 41 yoshli X.X. piyodani urib ketgan. Shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, Lacetti (haydovchisi 49 yoshli Yu.A.) avtomobili bilan to‘qnashgan. Lacetti urib ketishi oqibatida piyoda 39 yoshli K.D. boshqaruvida bo‘lgan Shacman yuk mashinasi ostida qolgan.

YTH tufayli piyoda G.I. va Lacetti avtomobili yo‘lovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok bo‘lgan.

8 iyun, shanba kuni Toshkentda qayd etilgan kuchli shamol oqibatida bir qancha daraxtlar yo‘l bo‘yiga va ayrim harakatlanib ketayotgan avtomobillar ustiga ag‘darilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda baxtsiz hodisalar qayd etilgan o‘nlab surat va videolar tarqaldi. Ular orasida davlat tomonidan qurilgan Namunaviy uylarning tomini shamol ko‘tarib ketgani tasvirlangan suratlar ham bor. 

Картинки по запросу выборах в казахстане назарбаев голосовал

9 iyun, yakshanba kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning sobiq Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev ham ishtirok etib, ovoz berdi. 

9 iyun, yakshanba kuni tungi soat 02:05 da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar “Pichoqchi” MFY Xiyobon ko‘chasi 174-uyda joylashgan “Marg‘ilon umumiy ulgurji savdo kompleksi”da yong‘in sodir bo‘ldi.

Bozordagi yirik yong‘in soat 04:20 da qurshab olinib, 05:40 da batamom o‘chirilgan. Yong‘inga jami 19 ta asosiy va 3 ta maxsus yong‘in o‘chirish avtomobillari jalb etilgan. Yong‘inda hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Картинки по запросу Сотни человек вышли на митинги в Казахстане в день выборов. Десятки задержаны

9 iyun, yakshanba kuni Qozog‘istonda o‘tayotgan Prezident saylovi mitinglarga ulanib ketdi. Olma-ota, Nur-Sulton, Chimkent shaharlarida tinch aholi norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Ular saylovlar natijalari avvaldan belgilanganiga iddao qilib, aholini baykot e’lon qilishga chaqirgan. Norozilik namoyishlari ishtirokchilari o‘sha zahoti politsiya tomonidan hibslangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Hafta voqealari suratda

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar