Hafta oxirida O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kuzatiladi

Bu qiziq 6042
image

Gidrometeorologiya markazi hafta davomida O‘zbekistonda hukm suradigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun va ertaga respublika hududida juda iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +20...+25 daraja, mamlakat shimoli, janubi va cho‘l zonasida +26...+28 darajagacha isiydi.

Chorshanba kuni respublikning katta qismida ob-havo avvalgidek yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Kaspiy dengizi hududidan harakat qilayotgan kam nam havo oqimining kirishi sababli kechasi va ertalab ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati bir oz pasayadi va +18...+23 darajani tashkil qiladi. 

Payshanba kuni butun respublika bo‘yicha ob-havoning quyoshli bo‘lishi va haroratning +23...+25 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Juma va shanbada O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududidan yana nam havo oqimi kiradi, natijada shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy tumanlarda 20 mart kuni, markaziy, janubiy va sharqiy tumanlarda 21 mart kuni ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Shu kunlarda havo harorati +18...+23 darajagacha pasayadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 208
Reyting: 2.9
Teglar
t
×