Hafta o‘rtasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Joriy yilning 22–25 iyul kunlari O‘zbekiston hududida asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan ob-havo prognozi ma’lumotida keltirilgan.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 22–23 iyulda 30–35 daraja, 24–25 iyulda 32–37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 22–24 iyulda 32–37 daraja, 25 iyulda 34–39 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 22–23 iyulda 30–35 daraja, 24–25 iyulda 32–37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 22 iyulda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22 iyulda 24–29 daraja, 23–25 iyulda 22–27 daraja, kunduzi 22–23 iyulda 34–39 daraja, 24–25 iyulda 35–40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 22 iyulda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23–25 iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 22–23 iyulda 30–35 daraja, 24–25 iyulda 32–37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–23 iyulda 20–25 daraja, 24–25 iyulda 23–28 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda bu hafta kunduzi havo harorati 32–37 darajagacha, ayrim joylarda esa 30 darajagacha tushishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing