Hafta o‘rtasida qor yog‘ishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Respublikaning ba’zi hududlarida hafta o‘rtasida qor yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Ertaga, 20 dekabr kuni respublikaning katta qismida 7-10 daraja iliq bo‘lgan harorat saqlanib qoladi. Faqat shimoliy hududlarga Kavkaz hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha biroz qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol 15-20 metr sekundgacha kuchayadi.

Qayd etilishicha, 21 dekabrda sovuq antitsiklon kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. Respublika shimolida kechasi harorat 9-11 daraja sovuq, kunduz kuni 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.

22-23 dekabr kunlari mamalakt bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 dekabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘adi. Harorat kechalari 2-5 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha kechasi va ertalab tuman tushishi kutilmoqda. 21-22 dekabr kunlari yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2818

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing