Hafta oxirigacha salqin va quruq ob-havo davom etishi aytildi
Bu qiziq
−
21 sentabr 2020 7376 1 daqiqa
Ertaga, 22 sentyabrdan e’tiboran O‘zbekistonda yana havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometerologiya markazi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 22 sentyabrdan O‘zbekistonga salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda, ushbu oqim ish haftasining oxirigacha respublikadagi ob-havoni belgilaydi.
Harorat foni hamma joyda 2-4 darajaga pasayadi. Bu davrda asosan kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftadan boshlab O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelgandi. 18 sentyabr kuni Toshkentni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lab turuvchi “Qamchiq” dovonida qor yog‘di.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr