Hafta oxirida ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
20 mart 2020 8137 1 daqiqa
Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy hafta oxirida O‘zbekiston ahlini qanday ob-havo kutayotgani haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ertaga, 21 mart kuni Navro‘z bayram kunida kun davomida respublikada yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoli-sharqiy tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. O‘zbekistonning barcha hududlarida kunduzgi havo harorati +18...+23 darajani tashkil qiladi, bu me’yordan 2-3 darajaga yuqori. Shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Toshkent shahrida kechasi va kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14...+16 daraja, kunduzi +18...+20 darajani tashkil qiladi.
Dam olish kunida nam havo oqimi O‘zbekiston hududidan chiqib ketadi. Ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi, bu yilning shu davri uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.
O‘zgidromet sinoptiklari O‘zbekiston xalqini Navruz ayyomi bilan tabriklab, sog‘lik salomatlik, tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilab qolgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025