Hafta oxirida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti ochiqlandi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy haftaning dam olish kunlari o‘tishi va yangi haftaning dushanbasi qanday ob-havo bilan boshlanishini ochiqladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, 11-12 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.  13-14 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 13 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 14 noyabrda kechasi va kunduzi 7-12° iliq, 15 noyabrda kechasi 2-7° iliq,  kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 13 noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 14 noyabrda kechasi va kunduzi 7-12° iliq, 15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12-13 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda  2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq, 14-15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12-13 noyabrda 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq, 14 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 15 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 13 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 14-15 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 12 noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-21° iliq, 13 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq, 14-15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 12-13 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 14-15 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-13 noyabrda 2-7°sovuq, 14-15 noyabrda 3°sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

170

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing