Hafta oxirida qanday ob-havo bo‘lishi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
19 aprel
10217O‘zgidromet 19-21 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
19-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Yakshanba kuni – 21 aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Odatda bahorning o‘rtalarida kuzatilgani kabi, 19-21 aprel kunlari yog‘adigan yomg‘ir mahalliy xususiyatga ega bo‘ladi va asosan kunning ikkinchi yarmida kuzatiladi. Bunda harorat foni o‘zgarmaydi va havo harorati 22-27 daraja atrofida, ba’zi joylarda 29 darajagacha bo‘ladi.
Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Tog‘larda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat fonining ko‘tarilishi hisobiga baland tog‘larda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Poytaxtda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi, yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 19-21 aprelda kechalari 12-15 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi