Hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda sovuq havo massasining ta’siri ish haftasining oxirigacha saqlanib turadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat joriy yilning 25 yanvarida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.

Kechalari havo harorati 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 3-2 daraja, ba’zi joylarda 5 daraja sovuq bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Respublika yo‘llarida ayrim joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.

Ma’lumot uchun, bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga sovuq antitsiklon periferiyasi ta’sir etib turadi. Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 3-2 daraja sovuq atrofida, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing