Hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet hafta davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 25 mart kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati 23-28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.

26-29 mart kunlari davrida O‘zbekiston hududiga nam O‘rtayer dengizi havosining bir qismi kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

26 martda yuqori harorat foni saqlanib turadi, so‘ng havo harorati asta-sekin pasayadi va ish haftasining oxiriga kelib 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.

25-26 va 28-29 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 28-29 martda ayrim joylarda ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘larda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxt Toshkentda 26 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 27-29 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Bugun va ertaga kunduzgi harorat 25-27 daraja iliq, 27 martda 20-22 daraja iliq, 28 martda 18-20 daraja iliq, kechalari harorat asosan 11-14 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing