Hafta davomida anomal issiq kuzatiladi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda joriy hafta davomida me’yorlardan 5-7 daraja yuqori bo‘lgan anomal ob-havo kuzatiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Dam olish kunlari O‘Zbekiston hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelishi boshlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha ko‘tarildi.

Ushbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7 darajaga yuqori bo‘lgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari 39-42 daraja, respublika janubida va cho‘l hududlarida 43-45 daraja bo‘ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismida harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda 43-45 daraja atrofida bo‘lgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.

Respubliknaing ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Bugun ayrim tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

947

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing