Hafta davomida havo harorati +17 darajagacha ko‘tariladi

Bu qiziq

image

Ushbu hafta davomida O‘zbekistonda ob-havoni keskin o‘zgarishi kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

31 yanvar va 1-4 fevral kunlarida respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 2 fevralda janubiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Shamol asosan kuchsiz bo‘ladi.

Kechalari harorat 0-5 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, shimolda hafta boshida 4 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Dushanbadan payshanbagacha kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Juma kuni yer bosimining keskin pasayishi boshlanadi va harorat 11-14 daraja iliqqacha, janubda 15-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing