Hafta davomida harorat pasayadi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
04 iyul 2022
6148Bugun, 4 iyul kuni O‘zbekiston shimolida Volga bo‘yi hududlaridan salqin va biroz nam havo massasi kirib kelishi boshlanadi va harorat 26-31 darajagacha pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ertaga havo massasining kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent, Namangan viloyatlarida, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 30-35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
4-5 iyul kunlari front o‘tishida ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6 iyuldan 8 iyulgacha O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi ehtimoli bor, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 6-7 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 17-22 daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja atrofida, janubda 37-39 darajagacha bo‘ladi.
LiveBarchasi