Hafta boshida yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 15-18 sentyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-17 sentyabrda 20-25 daraja, 18 sentyabrda 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15 sentyabrda 12-17 daraja, 16-18 sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 15 va 18 sentyabrda 23-28 daraja, 16-17 sentyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentyabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16 sentyabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, faqat Samarqand viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-18 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja, 16-18 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 darajagacha pasayadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 sentyabrda 12-17 daraja, 18 sentyabrda 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 15 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Namangan viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16-18 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 15 sentyabrda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi,16-18 sentyabrda kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 20-25 darajagacha pasayadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15 sentyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi,16-18 sentyabrda kechasi 5-10 darajagacha, kunduzi 10-15 darajagacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir yog'ingarchilik O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing