Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image
O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi north_east

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 21-23 aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 21 aprelda 22-27 daraja, 22-23 aprelda 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 22 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 23 aprelda kechasi 9-14 daraja iliq kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-22 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 23 aprelda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 22 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq, 23 aprelda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing