Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
10 mart
17444O‘zgidromet 11-13 mart kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda -3/2 daraja, 13 martda 0/-5 daraja, kunduzi 11 martda 8-13 daraja, 12-13 martda 6-11 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 12-13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 11 martda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 12-13 martda kechasi 3-8 daraja, kunduzi 7-13 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 11 martda 13-18 daraja, 12-13 martda 8-13 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 martda 5-10 daraja, 13 martda 3-8 daraja, kunduzi 11 martda 13-18 daraja, 12-13 martda 9-14 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 va 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11 va 13 martda 2-7 daraja, 12 martda 5-10 daraja, kunduzi 11 martda 11-16 daraja, 12-13 martda 7-12 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 11-12 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 13 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chish xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 martda kechasi -2/3 daraja, kunduzi 5-10 daraja, 12 martda kechasi va kunduzi 0-5 daraja, 13 martda kechasi va kunduzi 0/-5 daraja bo‘ladi.