Hafta boshida harorat qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 27–30 oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. 27–28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29–30 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 27 oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat: 27 oktyabrda kechasi 6–11 daraja, kunduzi 19–24 daraja; 28 oktyabrda kechasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja; 29–30 oktyabrda kechasi 3–8 daraja, kunduzi 17–22 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 27–28 oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat: kechasi 27–28 oktyabrda 8–13 daraja, 29 oktyabrda 6–11 daraja, 30 oktyabrda 4–9 daraja; kunduzi 27 va 29–30 oktyabrda 23–28 daraja, 28 oktyabrda 21–26 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat: kechasi 8–13 daraja, kunduzi 27 va 29–30 oktyabrda 21–26 daraja, 28 oktyabrda 18–23 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 28 oktyabrda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat: kechasi 27–28 oktyabrda 10–15 daraja, 29–30 oktyabrda 8–13 daraja; kunduzi 27 oktyabrda 24–29 daraja, 28 oktyabrda 21–26 daraja, 29–30 oktyabrda 23–28 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat: 27–28 oktyabrda kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja; 29–30 oktyabrda kechasi 6–11 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda esa qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat: kechasi 27–28 oktyabrda 5–10 daraja, 29–30 oktyabrda 3–8 daraja; kunduzi 27 va 30 oktyabrda 15–20 daraja, 28–29 oktyabrda 13–18 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing