Habibning shogirdi Konorga qarshi – Cheyl Sonnen

Sport

image

Islom Maxachev UFC Fight Night 202 musobaqasida Bobbi Grinni mag‘lub etsa, chempionlik unvoniga ega bo‘lishi kerak. MMA faxriyi Cheyl Sonnen shunday fikr bildirdi.

Sonnenga ko‘ra, Islom chempionlikni qo‘lga kiritsa, u chempionlik kamarini Konar Makgregordan himoya qiloladigan UFC'ning yagona jangchisi.

“Islom engil vazndagi kamarni yutishi kerak. U kamarni qo‘lga kiritib, keyin Konorga qarshi himoyalana oladigan yagona shaxs. Agar siz shashka o‘ynasangiz, unda Konorni chempionlik uchun navbatdagi da’vogar sifatida qo‘yasiz. Lekin siz shashka o‘ynamaysiz. Shaxmat o‘ynaysizmi? Siz bir necha qadam oldinga qaraysiz. Shu bois, engil vazn toifasidagi potensial eng katta jang bu Islom va Konor o‘rtasidagi chempionlik uchun kurashdir. Bu jang allaqachon ajoyib hikoyaga ega. Habibning shogirdi Konorga qarshi”, degan Sonnen.

Eslatib o‘tamiz, Islom Maxachev va Bobbi Grin o‘rtasidagi jang joriy yilning 9 aprel kuni UFC Fight Night 202 doirasida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing